Fakultet saytiga xush kelibsiz!!!

      1934-1935 o`quv yili ochilgan o`qituvchilarni tayyorlash bo`limi asosida 1935 yilning 1 sentyabridan fizika-matematika fakul`teti shakllanib, uning 1-kursida 19 ta talaba o`qidi.
    1936-1937 o`quv yili O`rta Osiyo davlat universitetining fizika-matematika fakul`tetini tugatgan O.Buleshov, Buxoro pedagogika institutini tugatgan M.Galikeevlar ishga qabul qilinib, fakul`tet yosh mutaxassislar bilan to`liqtirildi. 1937 yili fakul`tetning 15 bitiruvchisiga «Fizika va matematika» o`qituvchisi diplomi berildi.
    1948-1949 o`quv yili o`quv soatlarining ko`payishi bilan «Fizika-matematika fanlari» kafedrasi «Matematika» va «Fizika» kafedralariga ajratildi. «Matematika» kafedrasida professor o`qituvchilardan O.Buleshov, M.Galikeev, J.Duysengaliev, J.Penskiy, N.Zinovanlar, «Fizika» kafedrasida esa P.F.Kromer, A.Nurimbetov, A.Majitov, A.Aliev, Q.Berdimuratov, A.Nurmanov, V.N.Kimlar xizmat qildilar.
    1941-1945 urush yillarida nemets-fashist bosqinchilariga qarshi jangda fizika-matematika fakul`teti tarbiyalanuvchisi, 47-aviatsiya polkining uchuvchi-nazoratchisi, gvardiya katta leytenanti Plis Kol`geldievich Nurpeysov qaharmonlik ko`rsatdi. Uch marotaba shuhrat ordenining kavaleri P.K.Nurpeysovga 1945 yil aprel` oyida dushman tilida 100–harbiy vazifani bajarganligi uchun Sovetlar Ittifoqi qahramoni unvoni berildi.
    Fakul`tetda 1959 yildan boshlab fizika, matematika, mehnat darslarini o`qitadigan mutaxassis o`qituvchilar tayyorlana boshladi. 1961 yili Respublikamizda umumiy texnik fanlarni o`qitishning sifatini yaxshilash va xalq xo`jaligining texnik bilimga ega kadrlarga muhtojligini qanoatlandirish maqsadida «Umumiy texnik fanlar» kafedrasi tashkillashtirildi. Bu kafedrani dastlab katta o`qituvchi A.Nurimbetov, keyin Qoraqalpog`istonga mehnati singan fan arbobi A.Nurmanov va dotsent J.Qaypnazarovlar boshqardi.
    Fizika-matematika fakul`tetini bitiruvchilardan rahbarlik o`rinlarda xizmat ko`rsatgan K.Abdirov, A.I.Balakin, A.A.Jurbin, U.Xojanazarov, A.Tajibaev, K.Yusupovlar tarbialanib chiqdilar. Ayirim bitiruvchilar fakul`tetda o`qituvchi bo`lib ishlab, ilmiy unvonlarga ega bo`ldilar. Ulardan fizika-matematika fanlari doktori professor E.Jaksimov, professorlardan J.Kutlimuratov, A.Otarov, B.Abdikamalov, Sh.Kaniyazov va boshqalarni hurmat bilan atab o`tish o`rinli.
    1990 yilning 1 sentyabrida Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining qayta ochilishi munosabati bilan, uning «Injener pedagogika» fakul`tetiga universitetning 1989-1990 o`quv yilida qabul qilinnan «Mehnat va kasbga yo`naltirish» mutaxassisligining 1-kurs ichki bo`limining 40 talabasi, sirtqi bo`limning esa 50 talabasi o`tkazildi. Fakul`tetga dekan qilib texnika fanlari nomzodi, dotsent Turmanov Imamatdin tayinlandi. Fakul`tet tarkibidagi «Umumiy matematika» kafedrasiga dotsent B.S.Axmetov, «Fizika va mehnatga o`rgatish» kafedrasiga esa dotsent Q.Palvanov rahbarlik etib, xalq xo`jaligini pedagogik mutaxassislar bilan ta`minlashda katta yutuqlarga erishdi.
      1996 yili mutaxassisliklarning ko'payishi bilan fakultet tarkibidan "Matematika-informatika" fakulteti ajralib chiqdi. "Matematika-informatika" fakulteti dekani lavozimida 1996-2001 yillarda dotsent B.Axmedov, 2001-2002 yillarda f.-m.f.n. B.Jollibekov, 2002-205 yillarda dotsent S.Tanirbergenovlar ishladi.
      "Injener-pedagogika" fakulteti dekani lavozimida 1999-2001 yillar oralig'ida dotsent K.Paluanov, 2001-2003 yillarda dotsent M.Arzuovlar ishladi. 2003 yili "Injener-pedagogika" fakulteti "Fizika-texnika" fakulteti bo'lib o'zgardi va unga avval dotsent B.Ibragimov, so'ng f.-m.f.n K.Turdanovlar rahbarlik qildilar.
      2006 yili "Fizika-texnika" va "Matematika-informatika" fakultetlari biriktirilib, "Fizika-matematika" fakulteti bo'lib ochildi. "Fizika-matematika" fakulteti dekani lavozimida 2005-2009 yillarda f.-m.f.n. K.Turdanov, 2009-2010 yillarda f.-m.f.n. M.Jalelovlar ishladilar.
      Fakultetda bugungi kunda f.-m.f.n., dotsent Q.Q.Elgondiev rahbarlik qilmoqda.
    Bugungi kunda fakul`tetda «Matematika», «Fizika» va «Informatika» mutaxassisliklari bo`yicha magistrlar tayyorlana boshladi. 2009-2010 o`quv yilida «Umumiy matematika», «Umumiy fizika», «Informatika va axborot texnologiyalari» va «Kasbiy ta`lim» kafedralarida 72 o`qituvchi va 14 injener-texnik xodimlar mehnat qilmoqda. Ularning 16 tasi fan nomzodlari va dotsentlar. Fakul`tet olimlari nomdor ilmiy-tadqiqot markazlari bo`lgan O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga qarashli Matematika va informatsion texnologiyalar instituti, Yadro fizikasi instituti, Fizika texnika instituti va O`zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Qoraqalpog`iston bo`limi bilan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.
Professor-o'qituvchilar

Fizika-matematika fakulteti talabalarining ustoz va murabbiylari