"Informatika va axborot texnologiyalari" kafedrasi

        Vatanimizning mustaqillikga erishishi xalq ta`limi tizimida va ta`lim-tarbiya jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini tadbiq etishni, ta`limni komp`yuterlashtirish muammolarini katta vazifa etib qo`ydi. Shuning uchun Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutining Ilmiy Kengashi qarori bilan 1996 yili 13 dekabr`da «Matematika-informatika» fakul`teti bazasida «Informatika va hisoblash texnikasi» kafedrasi ochildi. Kafedra mudiri etib iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Alisher Abdullaev tayinlandi.
Kafedra jamoati

Kafedra jamoati


        Kafedrada ikki dotsent (A.Abdullaev, B.Axmetov), 3 katta o`qituvchi (M.Bekimbetov, M.Seytimbetov, K.Shamuratov) va 5 assistent ishladi. «Informatika va hisoblash texnikasi» kafedrasiga quyidagi ahamiyatli vazifalar yuklatildi: ta`lim sohasini komp`yuterlashtirish, unga axborot texnologiyalarini tadbiq etishga doir muammolarni echish; umumiy o`rta ta`limda komp`yuterli ta`lim metodologiyasini yaratish, pedagogik dasturiy vositalarni (PDV) yaratishning nazariy va amaliy metodologiyasini ishlab chiqish; o`quv materiallarini PDV ga moslashtirib ishlab chiqish; ma`lumotlar bazasini o`qitish jarayonida yaratish, ulardan foydalanish tizimini ilmiy asoslash, dars jarayonidagi bosqichlarni to`liq komp`yuterlashtirish masalasini kompleks o`rganish.
        Yuqorida belgilangan vazifa va talablarga asoslanib, «Informatika va hisoblash texnikasi» kafedrasi nomini 2001 yil 25 may kungi pedagogika instituti Ilmiy Kengashi qarori bilan «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi nomiga o`zgartirildi.
        «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasida beshta fan nomzodlari (dotsentlar A.Abdullaev, S.Pirnazarov, J.Allanazarov, fan nomzodlari M.Alaminov, A.Tureniyazova), ikki katta o`qituvchi (M.Bekimbetov, M.Seytimbetov), beshta assistent o`qituvchi (M.Allambergenova, J.Juginisova, B.Kallieva, O.Nurlibaev, X.Atajanov) ishladi. Kafedraning ilmiy kadrlar bilan ta`minlanish darajasi 38,5 % bo`ldi.
Ilmiy izlanishlar

Kafedra professor-o'qituvchilari ilmiy izlanishlar ustida ish olib bormoqda


        O`zbekiston Respublikasining ilmiy-texnikaviy rivojlanishining istiqbolli yo`nalishlariga mos “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasining 2004-2010 yillarga rejalashtirilgan ilmiy yo`nalishi: Informatika va telekommunikatsion texnologiyalarning rivojlanishini kengroq ta`minlash maqsadida, hozirgi zamon axborot tizimlarini, boshqarish vositalarini, ma`lumotlar bazasini va dasturiy mahsulotlarini ishlab chiqish. Ilmiy mavzu: «Zamonaviy axborot texnolgiyalari bazasida o`qitishning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish muammolari. «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasining a`zolari tomonidan joriy etilgan ilmiy-tadqiqot ishlari bo`yicha pedagogika instituti miqyosida diqqatqa sazovor yutuqlarga erishdi, shulardan:
        1. 2001-2002 o`quv yili 4-kurs talabasi Qalekeeva Tamara, 2-kurs talabalari Nargiza Sultanova va M.Nurimbetovalar O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim yurtlari talabalari olimpiadasining 2-bosqichida «Informatika» fanidan jamoa tarkibida qatnashib, O`zbekiston Respublikasidagi pedagogika institutlari orasida birinchi o`rinni egalladilar (2002 yil 3 may). Dotsent A.Abdullaev rahbarligida «Matematika-informatika» fakul`tetining 4-kurs talabasi T.Qalekeeva 2002 yil 26 aprel` kuni Samarqand shahrida o`tkazilgan “Komp`yuter savodhonligi” bo`yicha ishlab chiqilgan dasturiy mahsulotlar ko`rik tanlovida birinchi o`rinni egalladi. Talaba T.Kalekeeva O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligining II darajali diplomi bilan taqdirlandi (2002 yil 26 aprel, Samarqand shahri).
        2. Kafedra katta o`qituvchisi Seytimbetov Mambetyar elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturga O`zbekiston Respublikasi davlat patentini olishga sazovor bo`ldi (guvohnoma ? DGU 00604, 2003 yil 14 yanvar).
         3. Kafedrada shartnoma asosida byudjetdan tashqari mablag` topish “Komp`yuterni o`rganish asoslari” to`lamli kursi hisobidan amalga oshiriladi. Jami 2000-2003 yillar mobaynida kurs hisobidan 2.5 mln. so`mdan ziyodroq pedagogika instituti hisobiga o`tkazildi.
         4. 2003 yili “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi mudiri dotsent A.Abdullaev O`zbekiston Respublikasi «Ilm va texnologiya» markazi tomonidan e`lon qilingan grant konkursiga qatnashib, “Razrabotka nauchnix osnov sotsial`no-ekologicheskoy situatsii Respubliki Karakalpakstan” mavzusi bo`yicha 6705000 so`m miqdorida davlat grantini yutub oldi. (GNTP-20.54).
         5. Kafedra professor-o`qituvchilari 2005-2009 yillar mobaynida Nizomi nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida, O`zbekiston Milliy universitetida, Toshkent axborot texnologiyalari universitetida, Jahon diplomatiya universitetida, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filialida, Qoraqalpoq davlat universitetida zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalarni o`qitish jarayoni foydalanish bo`yicha bilimlarini oshirib keldilar. Shuningdek, umumiy o`rta ta`lim maktablari, kollej va litseylar bilan o`zaro birga ishlashish shartnomalari tuzilgan.
         6. Kafedra a`zolari Xalqaro va Respublika anjumanlariga faol qatnashadi.
         7. Kafedra assistent o`qituvchisi Uldaulet Asanova 1995 yili «Injener-pedagogika» fakul`tetida talabalik davrida «Ulug`bek» nomidagi davlat stipendiyasini olishga sazovor bo`ldi.
         Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilashishga katta e`tibor qaratilgan. Ular uchun “Yosh informatik” to`garagi tashkillashtirilib, unda tajribali professor-o`qituvchilarimiz algoritmlashtirish va dasturlash sirlarini yoshlarimizga o`rgatib kelmoqda. Bu ishlar samarasi natijasida 2003 yili IV kurs talabasi Abay Aqtilevov “Kamolot” yshlar harakatining stipendiyasini, 3-kurs talabasi Baxitbay Tlegenov «Beruni» nomidagi davlat stipendiyasini olishga muyassar bo`ldilar.
Ochiq dars paytida

Kafedra professor-o'qituvchilar ochiq dars paytida


        Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan litsey va kollej talabalari uchun mo`ljallangan A.Sattarovning «Informatika va axborot texnologiyalari» darsligini («Bilim», N., 2005 y.), A.Abdukodirovning «Axborot texnologiyalari» dasrligini («Bilim», N., 2005 y.) o`zbek tilidan qoraqalpoq tiliga tarjima qildilar (“Bilim” nashriyoti, shartnoma ? 27, 28. 2005 yil 24 iyun). Kafedra professor-o`qituvchilari tomonidan hozirgi vaqtgacha 83 metodik ish, ilmiy maqolalar va tezislari nashriyotdan chiqdi.
        Kafedrada 2005-2006 o`quv yili «5A140102 – Informatika» mutaxassisliig bo`yicha magistratura ochildi. Magistraturada o`qitiladigan fanlarni kafedraning belgili olimlari o`qitib kelmoqda.
Magistrantlar bilan ishlash

Kafedra mudiri dotsent A.Abdullaev magistrantlar bilan ilmiy ish ustida


        Kafedra mudiri lavozimida 2007-2008 yillari texnika fanlari nomzodi M.Seytimbetov ishladi, 2008 yilning mart oyidan boshlab iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent A.Abdullaev ishlab kelmoqda.
        Kafedra professor-o`qituvchilarining initsiativasi bilan 2008 yil mart oyida talabalar orasida “Ajoyib informatika” atamasidagi fan musobaqasi o`tkazildi. Bu musobaqada «Matematika-informatika» bakalavr yo`nalishining talabalari katnashdilar. Bu musobaqaga 1 kurs talabalari sovrinli birinchi o`rinni egallashdi. 1, 2 va 3 o`rinlarga hamda faol qatnashchilarga institut «Kamolot» yoshlar harakati, fakul`tet va kafedramiz tomonidan sovrinlar va hurmat yorliqlari topshirildi.
        Kafedra bazasidagi komp`yuter sinflari Internet tarmog`iga ulangan bo`lib, bu talabalarning mustaqil ishlashiga va al`ternativ resurs markazlaridan bilim olishlariga yordam beradi.
        Kafedrada ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlashga katta e`tibor qaratilgan.
        2009-2010 o`quv yilida kafedraning uch assistent o`qituvchisi Nizomi nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga, O`zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika va axborot texnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga hamda Rossiyaning Voronej shahridagi oliy ta`lim yurtiga aspiranturaga o`qishga kirdilar.