"Kasbiy ta'lim" kafedrasi

        Qoraqalpoq davlat pedagogika institutining «Fizika–matematika» fakul`teti tarkibidan 1961 yili «Sanoat ishlab chiqarish va asoslari» kafedrasi tashkillashtirildi. Kafedrani katta o`qituvchi A.Nurimbetov boshqardi. Shu yillardan boshlab kafedraning moddiy-texnik bazasini yaxshilash maqsatida ustaxonalar tashkillashtirildi. Ustaxonalar shu davr talabiga mos keladigan yog`ochga ishlov beruvchi stanoklar, temirga ishlov berivchi teshish, keshish, yo`nish, burama chiqaruvchi stanoklar va boshqada uskunalar bilan to`liqtirildi.
        1965 yildan boshlab shu kafedrani t.f.n. A.Nurmanov boshqardi. Shu yili kafedraga oliy toifali professor–o`qituvchilardan B.Usenov, M.Embergenov va J.Qaypnazarovlar kelib qo`shilishdi.
        1970 yildan boshlab kafedrani f.–m.f.n. J.Qayipnazarov boshqardi. Shu yillari kafedrada tajribali professor-o`qituvchilardan N.P.Shiryaev, B.Usenov, Yu.Masharipov, M.Embergenov, A.Romanov va boshqalar talaba yoshlarga ta`lim-tarbiya berdi. Yildan yilga kafedraga tegishli laboratoriya kabinetlarining moddiy-texnik bazasi to`liqtirilib borildi.
        1976–1977 o`quv yili institut Nukus davlat universiteti bo`lib o`zgargandan keyin «Sanoat ishlab chiqarish va asoslari» kafedrasi «Umumiy fizika» kafedrasiga qo`shildi va uni f.-m.f.n. A.Madjitov boshqardi. Shu kafedraning tarkibida «Umumiy texnikaviy mehnat va chizish» mutaxassisligi bo`yicha mutaxassislar tayyorlandi.
        1990-1991 o`quv yili Qoraqalpoq davlat universitetidan Nukus davlat pedagogika instituti bo`linib, qayta ochildi va «Injener–pedagogika» fakul`teti tarkibida «Fizika va mehnatga o`rgatish» kafedrasi tuzilib, unga f.-m.f.n. Q.Paluanov rahbarlik qildi.
Kafedra majlisi

«Kasbiy ta`lim» kafedrasi jamoati majlis paytida


        Kafedraga tegishli «Mehnat», «Mehnat-fizika», «Mehnat-informatika», «Mehnat va tasviriy san`at», «Mehnat va kasbga yo`naltirish», «Mehnat va qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish» yo`nalishlari bo`yicha mutaxassislar tayyorlana boshladi.
        Shu yili institut rektori akademik J.Bazarbaev Qoraqalpog`iston Respublikasi Jo`qorg`i Kengashi va Vazirlar Mahkamasi ruxsati bilan To`rtkul guzori bo`yida qarovsiz qolgan eski imorat o`rnini «Injener-pedagogika» fakul`tetiga berildi va tez kunda rekonstruktsiya ishlari olib borildi hamda laboratoriya kabinetlari uskunalar bilan ta`minlandi.
        1992 yili «Fizika va mehnatga o`rgatish» kafedrasi tarkibadan «Umumiy texnikaviy fanlar» kafedrasi bo`linib chiqib, unga f.–m.f.n. A.Jumamuratov rahbarlik qildi. Shu yillari o`qitishda nazariya bilan amaliyotni birga olib borish maqsadida yangi laboratoriyalardan: «Materialshunoslik», «Qishloq xo`jaligi mashinalari», «Yog`ochga ishlov berish ustaxanasi», «Temirga ishlov berish ustaxanasi», «Tikuvchilik ustaxonasi», «Elektrotexnika va radiotexnika», «Oshpazlik» laboratoriyalari tashkillashtirildi.
Temirchilik ustaxonasida

Temirchilik ustaxonasida dars paytida

Dars paytida

Talabalar «Ichki yonish dvigateli» darsi paytida


        1996-2000 yillari B.Ibragimov O`zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutiga maqsadli aspiranturaga o`qishga kirdi va t.f.n. ilmiy darajasini egalladi.
        Shu yillar ichida kafedraga tegishli bo`lgan laboratoriyalar keyingi chiqqan modeldagi stanoklar, priborlar, asbob-uskunalar bilan to`liqtirildi.
        Kafedra oliy ma`lumotli mutaxassislar A.Taubaev, O.Orinbaev, X.Tajetdinov, T.Pirnazarovlar bilan to`liqtirildi.
        1997-1998 o`quv yili kafedrani t.f.n. M.Arzuov boshqarib, shu yillari institut nomidan maqsadli aspiranturaga O`zbekistan Respublikasi qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrofikatsiyalash ilmiy-tadqiqot institutiga kafedraning assistent o`qituvchisi B.Utepbergenov yuborildi va 2001 yili tugatib t.f.n. ilmiy darajasini oldi.
        2001-2005 yilar oralig`ida kafedrani t.f.n, dotsent N.Saparniyazov boshqardi, 2006 yildan boshlab kafedraga dots.B.Avezov rahbarlik qilib kelmoqda.
        Kafedra O`zbekiston Respublikasidagi atoqli ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy o`quv yurtlari bilan hamkorlik aloqada bo`lib, ulardan O`zbekiston Respublikasi «Qishloq xo`jaligini mexanizatsiyalashtirish va elektrofikatsiyalash» ilmiy-tadqiqot instituti, O`zbekiston Respublikasi Yadro fizikasi instituti, O`zbekiston milliy universiteti, Nizomi nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Qori Niyozi nomidagi pedagogika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent agrar universiteti Nukus filiali, Namangan davlat universitetlari, Namangan injener-pedagoglar instituti atab o`tish joiz.
        Hozirgi vaqtda kafedra «Mehnat ta`limi» va «Kasbiy ta`lim» yo`nalishida bakalavr mutaxassislarini tayyorlamoqda. Bu yo`nalishda hozirgi kunda 172 talaba bilim olmoqda. Hozirgi zamon talabi darajasida chuqur bilim egallashlari uchun kafedrada trenajer zali, 7 ustaxana («Materialshunoslik», «Ichki yonish dvigateli», «Yog`ochga ishlov berish ustaxonasi», «Temirga ishlov berish ustaxonasi», «Tikuvchilik ustaxonasi», «Elektrotexnika va radiotexnika», «Oshpaszlik») va 5 laboratoriya-amaliyot kabinetlari ishlab turibdi. Kafedrada «Chevar qo`llar» to`garagi tuzilgan. Shu to`garakga qiziquvchi yoshlarning bilimi, qobiliyati va ko`nikmalarini oshirish natijasida byudjetdan tashqari mablag` topishga erishildi. Bugungi kunda kafedra tarkibi 1 texnika fanlari doktori, professor, 2 texnika fanlari nomzodi, 3 dotsent, 6 katta o`qituvchi va 9 assistent o`qituvchilardan tashkil topgan. Kafedrada 2 o`qituvchi aspiranturani tugatgan va 11 o`qituvchi ishdan qo`l uzmagan holda nomzodlik dissertatsiya ishi ustida ishlamoqda.