Fakultet o'quv jarayoni
Hozirgi vaqtda fakultetda 72 ta professor-o'qituvchi va 14 ta muxandis-texnik xodimlar faoliyat ko'rsatmoqda. Jami talabalar soni 825 tani tashkil etadi. Fakultet tarkibiga 4 kafedra kiradi, ular "Umumiy matematika", "Informatika va axborot texnologiyalari", "Umumiy fizika" va "kasbiy ta'lim" kafedralari.
Fakul`tetdagi mutaxassisliklar bo`yicha tegishli fanlarni o`qitishga oliy toifaga ega professor-o`qituvchilar jalb etilgan. Ulardan f.-m.f.d. S.Tajetdinov, prof.A.Otarov, dotsentlar I.Turmanov, B.Qaipov, A.Abdullaev, S.Dauenov, Z.Saparov, M.Qasimov, A.Jumamuratov, S.Tanirbergenov va boshqalarning nomlarini ta`kidlab o`tish joiz. O`quv ishlarini bugungi kunning talabiga mos olib borish maqsadida fakul`tetimizda yangi asbob-uskunalar bilan to`liq ta`minlangan 5 laboratoriya, 2 komp`yuter sinfi va o`quv xonalari talabalar xizmatida.

Talabalar temirchilik ustaxonasida dars paytida
Fizika kabinetiga talabalar fanni chuqurroq va sifatli o`rganishlari uchun Beijing Zhengheqiwei Technology Co., LTD, kompaniyasi XXP (Pekin universitetida) da ishlab chiqarilgan asbob-uskunalar olib kelindi. Fizika fanidagi laboratoriya ishlarini komp`yuterda virtual stendlar yordamida o`rganish imkoniyatlari yaratilgan.

Fizika fani laboratoriya xonasida dars paytida
Fakul`tetda tikish tsexi, tokar`lik va yog`och ustaxonasi, payvandlash uskunalari, avtoni boshqarish stendlari amaliy darslarni o`qitishda xizmat qilmoqda.

Talaba-qizlar fakultet tikuvchilik tsexida

Talabalar avtoni boshqarish fani darsida
Har bir ta`lim yo`nalishi bo`yicha iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etish maqsadida har xil ilmiy anjumanlar va to`garaklar tashkillashtirilgan. «Yosh fiziklar», «Radiotexnika», «Yosh matematiklar», «Yosh informatiklar» to`garaklarida talabalar nazariy va amaliy bilimlarni egallaydilar va ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug`ullanadilar. Iqtidorli talabalar O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim dargohlari orasida o`tkaziladigan fan olimpiadalariga va respublika ilmiy-nazariy anjumanlarga tezislari bilan qatnashib kelmoqda.

Talabalar ilmiy-amaliy anjumanidan lavha
Fakul`tetda oliy toifali kadrlar tayyorlash ishlariga katta e`tibor qaratilgan. Shu yili yoshlarimizdan A.Xalqnazarov, M.Mambetniyazov, B.Fayzullaev, J.Baltabaevlar Toshkent shahridagi oliy ta`lim dargohlariga aspiranturaga kirgan bo`lsa, D.Turdishev «Informatika» bo`yicha Rossiyaning oliy o`quv yurtiga aspiranturaga kirdi. «Umumiy fizika» kafedrasi assistent o`qituvchisi S.Dauletniyazov Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga bir yillik stajirovkaga yuborildi.

Intsitut rektori M.Q.Berdimuratov yosh tadqiqodchilarning ilmiy ishlarini kuzatmoqda
Ta'lim yo'nalishlari
Fakultetda ushbu yo'nalishlar bo'yicha bakalavrlar tayyorlanadi:
- 5140100 - Matematika -informatika;
- 5140200 - Fizika va astronomiya;
- 5140100 - Mehnat ta'limi;
Magistratura bo'yicha tayorlanadigan mutaxassisliklar
- 5A140101- Matematika
- 5A140102- Informatika
- 5A140201- Fizika
Ta'lim o'zbek, qoraqalpoq va qozoq tillarida olib boriladi.