Fakultet jamoat uyushmalari faoliyati
O`tgan besh yil ichida fakul`tet professor-o`qituvchilaridan va talabalaridan 28 nafariga moddiy yordam ko`rsatildi. Har xil bayram munosabati bilan 19 nafar odamga rag`batlantirish sovg`alari berildi. Fakul`tetimizning professor-o`qituvchilaridan 11 nafariga dam olish o`rinlariga yo`llanmalar berildi. Shuningdek, yoz oylarida professor-o`qituvchilarning 6 nafar farzandi yurtimizdagi dam olish joylariga yuborildi.
Fakul`tetimiz talabalaridan «Fizika-astronomiya» mutaxassisligi talabasi F.Qalilaev va «Matematika-informatika» mutaxassisligi talabasi G.Jumamuratovalar kasaba uyushmasining maxsus stipendiyasiga sozovor bo`lishdilar.
Bundan tashqari har xil anjumanlarni tashkillashtirishda, kam ta`minlangan va ota-onalari yo`q talabalarga sovg`alar berishda fakul`tet kasaba uyushmasi faol qatnashib kelmoqda.
Fakul`tet kasaba uyushmasini «Kasbiy ta`lim» kafedarsi katta o`qituvchisi Qadirbek Karimovich Nazarbekov boshqarib kelmoqda.
Ushbu yili fakul`tetimizda 27 o`qituvchi, 11 laborant ayol-qizlarimiz mehnat qilmoqda va 448 talaba-qizlar ta`lim olmoqda.
Fakul`tet Ayol-qizlar kengashi qizlarda milliy va insoniylik fazilatlariga hurmat va izzat ko`rsatish, jamoat joylarida o`zlarini tuta olish, estetik va ma`naviy dunyosiga boy tuyg`ularni uyg`otishga yo`naltirilgan tadbirlarni yuqori darajada o`tkazishni tashkillashtirib kelmoqda.
Fakultetmizda talabalarning bo`sh vaqtlarini mazmunli o`tkazish bo`yicha ham ishlar amalga oshirilmoqda. Har yili institutimizda va fakul`tetimizda «Institut malikasi» va «Balli qizlar!» konkurslari o`tkazilib turiladi. Bu konkurslarga fakul`tetimizning talaba-qizlari faol qatnashadi.
Fakul`tet Ayol-qizlar kengashini «Umumiy matematika» kafedrasi assistent o`qituvchisi Valieva Jig`a boshqarib kelmoqda.

Fakultetda o'tkazilgan tadbirlarda faollik ko'rsatgan talabalarni rag'batlantirish kechasi
Talaba yoshlarning suyanchi bo`lgan «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati fakul`tetda ko`zga ko`rinarli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Institutimizda va fakul`tetda o`tkazilib kelinayotgan har xil bayram-tadbirlarda, konkurs, badiiy kechalarda «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati o`zining faolligini ko`rsatib, fakul`tet talabalarini ushbu tadbirlarni tashkillashtirishga va o`tkazishga jalb etmoqda.
«Kamolot» YoIH fakul`tet kengashini «Kasbiy ta`lim» mutaxassisligining talabasi Kaypov Timur boshqarib kelmoqda.