Fakultet erishgan yutuqlar
Fakul`tet olimlaridan «Umumiy fizika» kafedrasi dotsenti A.Jumamuratov rahbarligida 2003-2005 yillar oralig`ida «Orol fojiasi krizisini yadrofizik usullar bilan geokimyoviy jarayonlarni o`rganish» mavzusida 10000000 so`m miqdorida, 2003 yil «Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi dotsenti A.Abdullaev rahbarligida «Qoraqalpog`iston Respublikasida ijtimoiy-ekologik sharoitni ilmiy asoslarini ishlab chiqish» mavzusida 6705000 so`m miqdoridagi davlat granti hisobidan ilmiy-tadqiqot ishlari olib borildi.
«Informatika va axborot texnologiyalari» kafedrasi katta o`qituvchisi Seytimbetov Mambetyar 2003 yili «Berilgan tugundan tarmoqning boshqa barcha tugunlariga eng qisqa yo`nalishlarni potentsiallar usuli yordamida aniqlash (Minimasofa)» nomli elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturi uchun O`zbekiston Respublikasining davlat patentini (¹DGU 00604 guvohnoma) olishga sazovor bo`ldi.
2009 yili texnika fanlari nomzodi M.Jumamuratov rahbarligida 100000 AQSh dollari miqdorida «Janubiy Orolbo`yi tabiiy muhitida barqarorligi buzilgan ob`ektlarning neytron-aktivatsion tahlili» mavzusida va «Umumiy matematika» kafedrasi dotsenti M.Qasimov rahbarligida 100000 AQSh dollari miqdorida “Janubiy Orolbo`yi yer resurslarini gidrologik-meliorativ holatini yaxshilash yo`llari” mavzusidagi birlashgan millatlar tashkilotining grantlari yutib olinib, ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Shu yili «Matematika-informatika» mutaxassisligining 4-kurs talabasi Djumabekova Rimma «Ulug`bek» nomidagi davlat stipendiasi g`olibi bo`ldi.